16:36 / 12.01.2020
2 505

Yaponiyalik magnat pullar qanchalik baxt keltirishini bilish uchun 9 mln dollar tarqatmoqchi

Yaponiyalik magnat pullar qanchalik baxt keltirishini bilish uchun 9 mln dollar tarqatmoqchi
Foto: Akio Kon / Bloomberg via Getty Images
Yaponiyalik milliarder Yusaku Maedzava tvitterdagi obunachilari o‘rtasida “ijtimoiy tajriba” o‘tkazib, uning doirasida 9 mln dollar tarqatishga va’da berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Tadbirkor tadqiqot o‘tkazib, uning g‘oliblariga million yendan (9 ming dollar) bermoqchi va bu pullar ularni qanchalik “baxtiyor” qilishini bilmoqchi.

Agar o‘z istaklarini jilovlay olmaydigan biror kishiga pul berib, unga shu tariqa hayotini o‘zgartirishga imkoniyat berilsa, nima yuz beradi? Siz hayotingizni o‘zgartira olasizmi?”, deb yozgan milliarder tvitterda.

Milliarder pullarni ming nafar obunachisiga tarqatmoqchi. G‘oliblar milliarder tomonidan tvitterda qoldirilgan xabarni retvit qiluvchi kishilar orasidan tasodifiy ravishda tanlab olinadi. Berilgan pullar ularning hayotiga qanchalik ta’sir qilayotgani muntazam o‘tkaziladigan so‘rovnomalar davomida kuzatib boriladi.

Tadbirkor pullarni tarqatishni mamlakat aholisiga ular ishlashi-ishlamasligidan qat’i nazar vaqti-vaqti bilan to‘lanuvchi tayanch daromad g‘oyasiga qiziqish bilan bog‘lamoqda.

44 yoshli Yusaku Maedzavaning 2017 yil may oyiga ko‘ra boyligi 3,6 mlrd dollarga baholangan va u bu ko‘rsatkich bilan Yaponiyaning eng badavlat odamlari orasida 14-o‘rinni egallaydi.

Foto: instagram/yusaku2020
2018 yil sentabrda Maedzava Oy atrofida fazoviy kemada aylanib chiqadigan birinchi tijoriy yo‘lovchi bo‘lishi ma’lum qilingandi. U 2023 yilga belgilangan Oyga parvozni SpaceX kompaniyasining BFR raketasida amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik magnat pullar qanchalik baxt keltirishini bilish uchun 9 mln dollar tarqatmoqchi