16:46 / 15.01.2020
2 403

Germaniyalik sobiq diplomat Xitoy foydasiga josuslik qilishda gumonlanmoqda

Germaniyalik sobiq diplomat Xitoy foydasiga josuslik qilishda gumonlanmoqda
Foto: REUTERS/Mike Segar
Germaniya bosh prokuraturasi YEIning germaniyalik sobiq diplomati va lobbist firmasining ikki xodimini Xitoy foydasiga josuslik qilishda gumon qilmoqda. Bu haqda "Shpigel" nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Nashrning ma’lumot berishicha, huquqni muhofaza qilish organlari ushbu ish bo‘yicha Berlin va Bryusseldagi hamda Baden-Vyurtemberg va Bavariya federal yerlaridagi ofis va xonadonlarda tintuv ishlarini o‘tkazgan.
Xabar qilinishicha, gumonlanuvchilarning ikkitasi Xitoy davlat xavfsizlik vazirligiga shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini taqdim etishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyalik sobiq diplomat Xitoy foydasiga josuslik qilishda gumonlanmoqda