AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston va Qozog‘iston infratuzilmalari koronavirusga qarshi turish uchun tayyor emasligiga e’tibor qaratdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Biz virusdan himoyalanish uchun kerakli infratuzilmaga ega bo‘lmagan hududlar mavjudligidan xavotirdamiz. Koronavirus kabi keng ko‘lamli xavfga qarshi tura olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, Xitoy bilan uzoq chegaradosh Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ldim”, — deydi Pompeo.
Davlat kotibining ta’kidlashicha, AQSH o‘z budjetidan 100 million dollar ajratish niyatida. Bu pullar nafaqat Xitoyda koronavirusga qarshi kurashish uchun, balki O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi bunga juda muhtoj bo‘lgan davlatlarni ham moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Maykl Pompeo xavfga qarshi global, o‘z vaqtida va to‘g‘ri javob qaytarish lozimligini qayd etgan.
“Biz epidemiyani to‘xtatish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorlanyapmiz. Hozirgacha 100 million dollar yordam puli ajratdik. Balki bu summa yana oshar. Ushbu yordam shubhasiz, Xitoydagilarga yordam berish uchun yuboriladi, biroq xavfga qarshi o‘z vaqtida javob berish maqsadida dunyoning boshqa joylarida ham ishlatiladi”, — deydi AQSH davlat kotibi.
Eslatib o‘tamiz, Maykl Pompeo 3 fevral kuni O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi