Foto: Oliver Weiken / dpa / Global Look Press
5 mart kuni Istanbulda Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha 4 davlat yetakchisi ishtirokida sammit bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, Turkiya, Germaniya va Fransiya yetakchilari ishtirok etadi.
NTV kanalining xabar berishicha, bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.
Angela Merkel va Emmanyuel Makron 20 fevralda Vladimir Putinga Erdo‘g‘an bilan birga Idlibdagi inqirozni muhokama qilishni taklif qilgan. 2018 yil oktabrda ham ular ishtirokida Suriya bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tgan.
21 fevralda Erdo‘g‘an va Putin telefon orqali Idlibdagi vaziyatni muhokama qilishgan. Ta’kidlanishicha, Turkiya yetakchisi suhbat davomida rossiyalik hamkasbiga Sochidagi kelishuvlarga amal qilish, Suriya prezidenti Bashar Asad qo‘shinlarini to‘xtatish va Suriyadagi gumanitar inqirozga barham berish lozimligini eslatgan.
Idlibdagi vaziyat fevral boshida Rossiya va Turkiya harbiylari o‘t ochishni to‘xtatishga urinishni amalga oshirgan bir vaqtda terrorchilar o‘z hujumlarini kuchaytirgandan keyin keskinlashib ketdi.
11 fevralda Suriya muxolifati turk harbiylari ko‘magida Idlibdagi hukumat qo‘shinlariga hujum boshlagan. O‘z navbatida Suriya armiyasi otryadlari Rossiya ko‘magi bilan bu hujumlarni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi