08:55 / 01.03.2020
3 329

Musulmonlar AQSH prezidentligiga nomzoddan uzr so‘rashini talab qilmoqda

Musulmonlar AQSH prezidentligiga nomzoddan uzr so‘rashini talab qilmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi musulmonlar huquq himoyachilari prezidentlikka nomzod Maykl Blumbergdan Nyu-Yorkdagi musulmonlarni ommaviy kuzatuvga olganini qat’iyat bilan oqlagani uchun uzr so‘rashini talab qilmoqda.

NPR nashrining yozishicha, Blumberg teleko‘rsatuvlardan birida "Amerikada xavfsizlikni saqlash uchun" musulmonlarni kuzatish zarur bo‘lganini aytgan.

Biz bir qancha zobitlarni ba’zi masjidlarga imomning va’zlarini tinglashi uchun yuborganmiz. O‘shanda juda ehtiyotkorlik bilan ish tutdik va buni kuzatgan organlar biz qonun doirasida amal qilayotganimizni aytishdi. Biz ushbu mamlakatni himoya qilish, maksimum ma’lumot olish uchun qonuniy ravishda bora olishimiz mumkin bo‘lgan barcha joylarga borishga tayyor edik”, – dedi Nyu-Yorkning sobiq meri.

Bundan tashqari, prezidentlikka nomzodning ta’kidlashicha, o‘sha yillarda "ochiqchasiga terrorizmga chaqirgan imomlar" bo‘lgan.
Ma’lumki, Maykl Blumberg 2002-2013 yillarda Nyu-York meri bo‘lgan va musulmonlarni kuzatish dasturini ishlab chiqqan. Hatto bu dastur fosh bo‘lgandan keyin ham uni oqlashda davom etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Musulmonlar AQSH prezidentligiga nomzoddan uzr so‘rashini talab qilmoqda