18:58 / 09.03.2020
2 849

Ronaldinoni Paragvayda 6 oyga qamab qo‘yishdi

Ronaldinoni Paragvayda 6 oyga qamab qo‘yishdi
Foto: Bloomberg
Paragvay sudi afsonaviy futbolchi "Oltin to‘p" sohibi Ronaldino soxta pasport bilan Paragvay davlatiga kirishi bo‘yicha hibsni olti oyga uzaytirdi. Sud unga uy qamog‘ini belgilagan taqdirda, Braziliya "Barselona"ning sobiq yulduzini Paragvayga topshirmasligidan xavotirda, shuning uchun u tergov hibsxonasiga joylashtirildi. Mamlakatlar o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi shartnoma mavjud emas, deb Globo Esporte xabar bermoqda.

Braziliyaning sobiq milliy terma jamoasining yetakchisi Ronaldino Gaucho jiddiy huquqiy muammolarga duchor bo‘lgan.

5 mart kuni u akasi va agenti Roberto de Assis Moreyra bilan birga Asunson shahrida mahalliy politsiya tomonidan soxta pasport bilan mamlakatga kirishda gumonlanib, mehmonxonadan ularga tegishli bo‘lgan soxta pasportlarni topishgan. Ertasi kuni ular qo‘yib yuborildi, lekin bir necha soatdan keyin ular yana hibsga olingan.

Foto: AIF
Aytib o‘tish joizki, Paragvay qonunlariga ko‘ra hujjatlarni qalbakilashtirish, jarima yoki bir yilgacha qamoq bilan jazolanadi.
"Men uning sport yulduzi ekanligini tushunaman. Ammo, mashhurligidan qat’i nazar, qonun hamma uchun bir xil bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qildi Paragvay ichki ishlar vaziri Euklides Asevedo.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldinoni Paragvayda 6 oyga qamab qo‘yishdi