Foto: Reuters
Kobuldagi Ark saroyida Afg‘oniston saylangan prezidenti Ashraf G‘anining inauguratsiya jarayoni bo‘lib o‘tdi, marosim mahalliy televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib Daryo xabar qildi.
Marosimda hukumat a’zolari, parlament deputatlari hamda viloyatlardan kelgan vakillar ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, AQSH maxsus vakili Zalmay Xalilzod, Afg‘onistondagi NATO va AQSH qo‘shinlari qo‘mondoni Ostin Skott Miller, AQSH, Germaniya, Kanada, Hindiston va Pokiston elchixonalarining xodimlari qatnashdi.
O‘z navbatida Sapidor saroyida Ashraf G‘anining saylovlardagi asosiy raqobatchisi Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdullaning ham parallel inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi, u prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan olmagan.
Afg‘oniston Mustaqil saylov komissiyasi fevral o‘rtalarida prezidentlik saylovlaridan deyarli besh oy vaqt o‘tgach 28 sentabrda bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy jarayonning yakuniy natijalarini e’lon qilgan va Muhammad Ashraf G‘ani g‘olib deb topilgandi. Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, G‘ani 50,64 foiz ovoz to‘plagan, Abdulla Abdulla uchun esa 39,52 foiz saylovchi ovoz bergan.
Abdullaning jamoasi ushbu natijalardan norozi ekanini bildirdi va komissiyaning Ashraf G‘ani hisobiga biometrik tasdiqdan o‘tmagan 300 mingta soxta byulleten qo‘shib hisoblanganini bildirdi.
Prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan boshqa nomzodlarning jamoalari ham yakuniy natijalardan norozi bo‘lgan.
Prezidentlik saylovi bo‘yicha shikoyatlar komissiyasida 16,5 mingta murojaat ro‘yxatga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi