15:15 / 10.03.2020
3 547

Koreyada koronavirus epidemiyasi pasayayotgani ma’lum qilindi

Koreyada koronavirus epidemiyasi pasayayotgani ma’lum qilindi
Foto: tbs.seoul
Janubiy Koreyada Covid-19 koronavirus epidemiyasi tarqalishi sekinlashmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Mun Je In o‘z maslahatchilari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

- "Covid-2019 koronavirusi bilan kasallanganlar sonining ko‘payishining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanidan so‘ng — 28 fevral 916 kishi infeksiya yuqtirdi, 8 mart kuni, ularning soni 248 taga yetdi va doimiy ravishda pasayish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Biz ushbu tendensiyani saqlab qolishimiz kerak", — dedi prezident.

Ammo hali quvonishga erta. Chunki Tegu, Kyonsan-Pukto va boshqa viloyatlaridagi kichik mahalliy jamoalarda virusning ommaviy tarqalishi davom etmoqda.

Koreya koronavirusning Xitoydan tashqaridagi eng yirik o‘choqlaridan biri. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda 7478 nafar bemorda Covid-19 koronavirusi qayd etilgan. Ulardan 53 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koreyada koronavirus epidemiyasi pasayayotgani ma’lum qilindi