Foto: Getty Images
«Barselona» sardori Lionel Messi muxlislarga koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat borasida murojaat qildi.
«Barcha uchun og‘ir kunlar keldi. Biz nima bo‘layotganidan xavotirdamiz va azob chekayotganlarga yordam berishni xohlaymiz. Kasalxona va sog‘lomlashtirish markazlarida ushbu virusga qarshi kurashayotgan insonlarning barchasiga jasorat tilagan bo‘lardim.
Inson salomatligi har narsadan ustun bo‘lishi lozim. Hammamiz sog‘liqni saqlash idoralarining ko‘rsatmalariga amal qilishimiz kerak. Faqat shu yo‘l bilan muammoni bartaraf eta olamiz.
Vaziyatga mas’uliyatliroq yondashishingizni va uyda qolib, yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazishingizni so‘rayman. Umid qilamanki, ushbu vaziyatni imkon qadar tezroq yengib chiqamiz», – deya yozib qoldirgan Messi o‘zining Instagram sahifasida.
Ma’lumot uchun, hozirda COVID-19 kornavirusi tufayli Yevropaning aksariyat chempionatlari to‘xtatib qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi
Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar
"Borussiya D" YECHL finalida "Real"ga mag‘lub bo‘lsa, ko‘proq foyda ko‘radi...