23:10 / 24.03.2020
4 049

Minglab odamlar uyi balkonidan turgan holda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni olqishladi (video)

Minglab odamlar uyi balkonidan turgan holda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni olqishladi (video)
Foto: Reuters
Koronavirus pandemiyasi hukm surayotgan hozirgi sharoitda hayotini xavf ostiga qo‘yib, bemorlarni davolayotgan shifokorlar haqiqiy ma’noda zamon qahramonlariga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda shifokorlarni qo‘llab-quvvatlashga oid chaqiriqlar, chellenjlar tobora ko‘paymoqda. Xususan, Turkiya va Hindistonda odamlar ommaviy ravishda uy balkoniga chiqib, chapak chalib, musiqa asboblaridan foydalanib yoki idishlarni taqillatib shifokorlarga minnatdorchilik bildirmoqda.

Foto: «Milliyet.com.tr»
Bir vaqtda uyi balkoniga chiqib, shifokorlarni qo‘llab-quvvatlagan aholiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham qo‘shildi. U rafiqasi bilan balkonda turib, shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi. «Koronavirus bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlariga o‘zim, oilam hamda millatim nomidan miinnatdorchilik bildiraman. Fidokor qahramonlarimizni olqishlayman», — deydi Turkiya prezidenti.

Shuningdek, Turkiyaning ko‘plab taniqli aktyorlari ham shifokorlarga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.
«Tibbiyot xodimlarini chin ko‘ngildan olqishlaymiz, yaxshiyam siz borsiz», — deb yozadi taniqli aktyor Burak O‘zchivit.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 24 mart holatiga ko‘ra 1,5 mingta koronavirus yuqtirib olish holati qayd etilgan, 37 kishi vafot etgan.
Hindistonliklar ham zamon qahramonlarini olqishlash uchun bir vaqtda uyi balkoniga chiqdi.

Foto: Reuters
Taniqli hind aktyorlarining Instagram’dagi sahifalarida ushbu holat aks etgan videolar joylashtirildi. Xususan, Amitabh Bachchan o‘g‘li Abhishek, kelini Ayshvariya Ray, qizi Shveta va nabirasi bilan birga uyi balkonida turgan holda shifokorlarga ehtiromini namoyish etdi.

Taniqli kinorejissyor Karan Johar esa oilasi bilan ayni qiyin vaziyatda hind xalqining birdamligini olqishlashini yozib qoldirdi. «Qo‘rqinchli virusni yuqtirganlarga xizmat ko‘rsatayotgan va boshqalarni ushbu kasallikdan himoya qilayotgan shifokorlarni olqishlayman», — deb yozadi rejissyor.

View this post on Instagram

Happy Mother’s Day ...❤️

A post shared by Gauri Khan (@gaurikhan) on


«Men bugun soat 17:00 da shifokorlarni olqishlash uchun balkonga chiqa olmadim, chunki hozir Los-Anjelesdaman. Fursatdan foydalanib, Hindistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan barcha xodimlar, xususan, shifokorlar, politsiyachilar, hukumat vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», — deydi taniqli hind aktrisasi Priti Zinta.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Minglab odamlar uyi balkonidan turgan holda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni olqishladi (video)