16:46 / 30.03.2020
1 770

Koronavirusga chalingan Monako knyazi tuzala boshladi

Koronavirusga chalingan Monako knyazi tuzala boshladi
Foto: RIA Novosti
19 mart kuni Alber II koronavirus yuqtirib olgani tasdiqlangandi. Knyaz o‘z saroyida karantinda bo‘lib turibdi.
Koronavirusga chalingan Monako knyazi Alber II o‘zini yaxshi his qila boshladi.

"O‘zimni borgan sari yaxshiroq his qila boshlayapman va zulmat oxirida yorug‘lik ko‘rmoqdaman", - dedi Monako knyazi TF1 telekanali orqali chiqishida. U "hali ham sal-pal yo‘talayotganini" qo‘shimcha qildi.

Alber II koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqanini yashirishni o‘ylamaganini aytdi. U COVID-19 yuqtirganligini e’lon qilgan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.

19 mart kuni Alber II koronavirus yuqtirib olgani tasdiqlangandi. Knyaz o‘z saroyida karantinda bo‘lib turibdi.
U avvalroq turmush o‘rtog‘i va farzandlari shahar tashqarisidagi qo‘rg‘onda yashayotgani, o‘zi esa saroyda ishlashni davom ettirayotganini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga chalingan Monako knyazi tuzala boshladi