17:50 / 30.03.2020
4 470

Niderlandiya Xitoydan kelgan 600 ming niqobni kasalxonalardan olib qo‘ydi

Niderlandiya Xitoydan kelgan 600 ming niqobni kasalxonalardan olib qo‘ydi
Niderlandiya sog‘liqni saqlash vazirligi shifoxonalardan Xitoydan keltirilgan 600 mingga yaqin tibbiy niqoblarni olib qo‘ymoqda, chunki ular shifokorlarni koronavirus infeksiyasidan himoya qilmaydi deb xabar beradi mahalliy NOS teleradiokompaniyasi.

Niqoblar yuzga yaxshi o‘rnashmaydi, membranalari yaxshi ishlamaydi va virus zarralarini ushlab turadigan filtrlar juda yupqa. Sog‘liqni saqlash vazirligi tekshiruv vaqtida muammoni aniqladi, niqoblarni qayta sinovdan o‘tkazgandan so‘ng, undan foydalanmaslikka qaror qilindi. Telekompaniyaning ma’lum qilishicha, ba’zi shifoxonalar vazirlik qaroridan oldin xavfli niqoblardan voz kechgan edi.

Mamlakat Xitoy shirkatidan koronavirusga chalinganlarni davolayotgan shifokorlar uchun FFF2 tipidagi 1,3 million dona tibbiy niqob sotib olgan edi. Tarqatilgan birinchi partiyada taxminan 600 mingga yaqin niqob bor edi.

Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Niderlandiyada, 30 mart holatiga ko‘ra, koronavirusni yuqtirib olganlar soni 10 930 nafar (jahonda 10 o‘rinda)ni tashkil etadi. Ulardan 771 nafari hayotdan ko‘z yumdi. 253 nafar bemor to‘liq tuzalgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiya Xitoydan kelgan 600 ming niqobni kasalxonalardan olib qo‘ydi