00:20 / 10.04.2020
3 237

Samarqandda «xot-dog» tayyorlab ber deb qorovulni do‘pposlagan shaxs qamoqqa olindi (video)

Samarqandda «xot-dog» tayyorlab ber deb qorovulni do‘pposlagan shaxs qamoqqa olindi (video)
2020 yilning 29 mart kuni taxminan soat 02:30 da 32 yoshli Aziz T., Samarqand shahrida joylashgan «Tabiat-saxovat» dehqon bozori oldida joylashgan do‘kon oldiga kelib, shu do‘konda norasmiy qorovul bo‘lib ishlagan fuqaro – 63 yoshli Xusinali M.ga qorni ochganligini va unga «xot-dog» tayyorlab berishini aytadi.

Ammo Xusinali M. unga do‘kon karantin sababli yopiqligini aytganidan so‘ng, u bilan janjallashib qolib, Xusinali M.ni qo‘l va oyoqlari bilan qasddan urib-do‘pposlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri buyicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Aziz T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Aziz T.ga JKning 104-moddasi 2-qismi «v» bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayb e’lon qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Samarqandda «xot-dog» tayyorlab ber deb qorovulni do‘pposlagan shaxs qamoqqa olindi (video)