06:00 / 14.04.2020
2 042

Noma’lum saxiy inson AQSHdagi kichik shaharchada yashovchi har bir oilaga 150 dollarlik sertifikat sovg‘a qildi

Noma’lum saxiy inson AQSHdagi kichik shaharchada yashovchi har bir oilaga 150 dollarlik sertifikat sovg‘a qildi
Foto: USA Today
AQSHning Ayova shtati Erlhem shahrida yashovchi erkak koronavirus pandemiyasi paytida aholiga yordam berishga qaror qildi, deb yozadi USA Today'ga tayanib Daryo.
Erkak ushbu shaharda yashovchi har bir oilaga 150 dollarlik sertifikat tarqatgan.

Ko‘ngilli tarzda xayriya qilishni istagan shaxsning yordamchisi 26 mart kuni shahar meri Jeff Lilliga qo‘ng‘iroq qilgan. Erkak mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 100 ta sovg‘a sertifikatini sotib olishga tayyorligini bildirgan. U shu tarzda mahalliy biznesni ham qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan.

Birozdan so‘ng saxiy inson 250 ta, keyinroq 500 ta, undan keyin esa Erlhemdagi barcha oilalarga yetadigan 549 ta sovg‘a sertifikatini sotib olgan. Shaharda 1400 ga yaqin kishi yashaydi.

Saxiy fuqaro hammasi bo‘lib 82 ming dollarni xayriya qilgan.
Har bir oila merdan xat hamda bar, oziq-ovqat do‘koni va restorandan xarid qilish imkonini beruvchi 150 dollarlik sertifikatni olgan.

«Menga mer sifatida bizning jamoatchilik markazlarimiz va boshqa joylarni yopish haqida qaror qabul qilish qiyin bo‘lgandi. Shuning uchun ushbu xayriyani buyuk ish deb hisoblayman», — deydi Lilli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Noma’lum saxiy inson AQSHdagi kichik shaharchada yashovchi har bir oilaga 150 dollarlik sertifikat sovg‘a qildi