23:50 / 21.04.2020
4 159

Putinga koronavirusning «ayyor» xususiyati haqida ma’lum qilishdi

Putinga koronavirusning «ayyor» xususiyati haqida ma’lum qilishdi
Vladimir Putin. Foto: kremlin.ru
Rossiya epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg Putin bilan epidemiya bo‘yicha o‘tkazilgan kengashda koronavirusni ba’zi xususiyatlari sababli “ayyor” deb atadi.

Ginsburgning ta’kidlashicha, markaz mutaxassislari koronavirusni boshdan o‘tkazgan odamlardan olingan 200 ga yaqin qon zardobini tahlil qilishgan. Tajribalar bu zardoblarning faqat 30 foizidagina virusni bartaraf etuvchi antitanalar borligini ko‘rsatgan. Bu esa koronavirusdan barcha sog‘ayganlardan ham uni bartaraf etish uchun qon zardobi olib bo‘lmasligini anglatadi.

Virus juda ayyor. Bejizga u bunday katta o‘lchamlarga ega emas – u bugungi kunda ma’lum bo‘lgan RNK-saqlovchi viruslardan eng kattasidir”, deb aytgan mutaxassis.

Olim koronavirus genomining bir qismi organizm koronavirusni bartaraf eta olmaydigan antitanalarni ishlab chiqarishi uchun immun tizimini doimiy aldashga yo‘naltirilgani haqidagi xulosa bilan bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinga koronavirusning «ayyor» xususiyati haqida ma’lum qilishdi