07:15 / 22.04.2020
3 487

Xitoylik olimlar koronavirusning og‘irroq shakli borligidan ogohlantirdi

Xitoylik olimlar koronavirusning og‘irroq shakli borligidan ogohlantirdi
Foto: «TASS»
Xitoyning Chjetszyan universiteti olimlarining aniqlashicha, SARS-CoV-2 koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 kasalligi patogenning shtammiga qarab kasallik og‘irroq yoki osonroq kechishi mumkin. Ularning tadqiqot natijalari MedRxiv portalida e’lon qilingan.

Tadqiqot doirasida ular Xanchjoudan bo‘lgan 11 nafar tasodifiy bemordan namunalar olib, koronavirus mutatsiyasini o‘rgangan. O‘rganish jarayonida ular turli shtammlarning inson hujayralariga qanchalik tez kirib borishi va ularni nobud qilishi mumkinligini aniqlagan.

Natijada, kasallik qo‘zg‘atuvchi tajovuzkor shtammlar mavjudligi tasdiqlandi, ularning virus yuki eng zaif shtammlarga qaraganda 270 baravargacha yuqori bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, olimlar koronavirusning zaifroq mutatsiyalari ular keltirib chiqaradigan kasallikdan o‘lim xavfi darajasini kamaytirmasligidan ogohlantirgan.

Olimlarning qayd etishicha, sinovda ishtirok etgan bemorlarda topilgan koronavirusning eng agressiv shtammlari Italiya va Ispaniyadagi bemorlarda ham aniqlangan. Eng zaif, lekin keng tarqalgan shtamm esa AQSHdagi bemorlarda qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik olimlar koronavirusning og‘irroq shakli borligidan ogohlantirdi