11:00 / 04.05.2020
3 006

Aktyor Burak O‘zchivit Turkiya kiyim brendi bilan qariyb 500 ming dollarlik shartnoma imzoladi

Aktyor Burak O‘zchivit Turkiya kiyim brendi bilan qariyb 500 ming dollarlik shartnoma imzoladi
Foto: Instagram / @burakozcivit
Turkiyaning eng mashhur aktyorlaridan biri Burak O‘zchivit Altınyıldız kiyim brendi bilan yangi reklama mavsumi uchun shartnoma imzoladi, deb xabar berdi «RusTurkey.com».

Qayd etilishicha, Burak brendning 2020 yilning bahor, yoz, kuzgi kolleksiyasi uchun fotosessiyalari va videoroliklarida suratga tushadi.
Ushbu kompaniya rahbariyati kiyimlar reklamasida aynan O‘zchivit suratga tushsa, ular yaxshi sotilishini qayd etgan.

O‘tgan mavsumda Burak kompaniya yuzi bo‘lishi uchun uch million lira (427 ming dollar) olgan. 2020 yilda esa uning gonorari qancha bo‘lishi aniq aytilmagan, biroq avvalgi mavsumdan 500 ming liraga (71 ming dollar) ko‘proq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aktyor Burak O‘zchivit Turkiya kiyim brendi bilan qariyb 500 ming dollarlik shartnoma imzoladi