19:30 / 09.05.2020
2 780

Tailandda koronavirus sabab ishsiz qolgan fillar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilmoqda

Tailandda koronavirus sabab ishsiz qolgan fillar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilmoqda
Foto: AP Photo
Tailandda turistik oromgohlardagi fillar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilmoqda. Oromgohlarda koronavirus pandemiyasi sabab hayvonlarni boqishga oziq-ovqat topib bo‘lmayapti. Bu haqda Fillarni qutqarish jamg‘armasiga tayanib, AP xabar berdi.

Aprel oyidan buyon Tailand shimolida joylashgan Chiangmay provinsiyasida 100 dan ortiq hayvon Mae Chaem hududiga qaytish uchun 150 kilometr masofa bosib o‘tgan. Jamg‘armaning ta’kidlashicha, agarda fillarning egalari ularni boqa olmasa, yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborgani ma’qul. Bundan tashqari, ushbu hududda fillar qishloq yaqinida yashaydi va mahalliy aholi ularga qarab turadi.

Foto: AP Photo
Fillarni qutqarish jamg‘armasining ma’lum qilishicha, mazkur loyiha hayvonlarning egalari tomonidan berilgan so‘rovlar asosida boshlangan. Pandemiya fonida turistik oromgohlarga tashrif buyuruvchilar soni kamayib ketgan.
Butunjahon hayvonlarini himoya qilish jamiyatining hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda 2 mingdan ortiq fil ochlikdan halok bo‘lishi mumkin.

Foto: AP Photo
Unchalik katta bo‘lmagan mahalliy turistik bog‘lardan birining egasi Sadudi Serichevining so‘zlariga ko‘ra, hayvonlari kuniga o‘rtacha 300 kilogramm o‘t va sabzavot yeydi. Serichevi hayvonlarni boqish, shuningdek, yer ijarasi uchun pul topa olmagani sabab fillarni o‘z qishlog‘iga qaytarish borasidagi dasturda ishtirok etgan.

Foto: AP Photo
Eslatib o‘tamiz, ko‘plab odamlar karantinda bo‘lganligi sabab hayvonlar oldinlari borishga qo‘rqqan joylariga kelishni boshlagan. Masalan, Argentinadagi Mar-del-Plata kurort shahri ko‘chalarida dengiz arslonlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, pingvinlar bo‘shab qolgan Keyptaun ko‘chalarini o‘zlariniki qilib olgan. Gvatemala junglilariga esa yaguarlar qaytib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda koronavirus sabab ishsiz qolgan fillar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilmoqda