19:53 / 02.06.2020
2 821

Xitoyda firma xodimlari savdo rejasini bajara olmagani uchun tirik qurtlarni yeyishga majburlandi (video)

Xitoyda firma xodimlari savdo rejasini bajara olmagani uchun tirik qurtlarni yeyishga majburlandi (video)
Foto: Daily Mail
Xitoyning Guychjou provinsiyasi Bitsze okrugida joylashgan interer dizayni firmasi xodimlari kompaniya savdo rejasini bajara olmagani uchun tirik qurtlarni yeyishga majburlandi, deb yozadi Daily Mail.

Qurt yeyishni istamagan xodimlar esa 500 yuan jarima to‘lashi kerak edi.

Ushbu jazo aks etgan videoni firma xodimlaridan biri jurnalistlarga yuborgan. Uning aytishicha, bunday jazolash usuli xodimlarga yangilik bo‘lmagan, chunki mehnat shartnomasida ushbu punkt ko‘rsatilgan edi.

Videoda ayol xodim qo‘lidagi salfetkada qurtni ushlab turganini ko‘rish mumkin. Yana bir ayol nimanidir yutib, tezda suv ichib yuboradi.
Qurtni yeyishni istamaganlar 500 yuan jarima to‘lashi yoki hammaga nonushta olib berishi kerak edi. Biroq ushbu jazo turlarini ko‘pchilikning cho‘ntagi ko‘tarmasdi.

Ushbu video OAVda e’lon qilingach mahalliy politsiya holat yuzasidan tekshiruv boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda firma xodimlari savdo rejasini bajara olmagani uchun tirik qurtlarni yeyishga majburlandi (video)