20:34 / 06.06.2020
2 729

Hidoyatga kelgan nasroniy ruhoniylar: Sergey Abdulhaq Timuxin

Hidoyatga kelgan nasroniy ruhoniylar: Sergey Abdulhaq Timuxin
Vladislav Soxin yo‘liga juda o‘xshash yo‘l 1973 yilda Kemerovo viloyati Belovo shahrida tug‘ilgan, rus yigiti Sergey Timuxinning ham chekiga tushdi. O‘sha davrdagi ko‘plab sovet fuqarolari singari u dindan uzoq bo‘lgan oilada tug‘ilgan va o‘rta maktabni tugatgandan so‘ng nasroniylik haqida "bilib", ensiklopediyalar, ma’lumotnomalar va keyin Injil o‘qishga qiziqib qolgan edi. Bularning barchasi uni avval cho‘qinishga, so‘ngra cherkov hayotida faol ishtirok etishga olib keldi.

"Diniy bilimlarga bo‘lgan xohishimni ko‘rib, Belovo ibodatxonasi menga Kemerovo ilohiyot institutida o‘qish uchun ko‘rsatma berdi. 1994 yilda, birinchi yilni a’lo baholar bilan tugatgandan so‘ng, Kemerovo va Novokuznetsk yepiskopi menga dyakon vazifasini topshirdi va bir oydan keyin men ruhoniy bo‘ldim ..."

Sergey ko‘p o‘qishni davom ettirdi, lekin u ko‘proq adabiyotni "o‘ziga singdirgan" sari pravoslav cherkovining dogmalariga nisbatan shubhalar ko‘payib ketdi. Chunki u chuqur tarix, mifologiyani o‘rganishni boshladi, nafaqat pravoslavlardan, balki boshqa mualliflardan, xususan, chet ellik mualliflarning ham kitoblarini o‘qidi. Va bunday o‘qish o‘zining birinchi natijasini berdi:

"Men ikonalar, xochlar, avliyolarga sig‘inish shartlari butparastlik dinlaridan kelib chiqqan degan xulosaga keldim".

Ruhiy izlanishlar va pravoslav ta’limotining to‘g‘riligiga shubha uni 2001 yilda Novosibirskdagi Amerika apostol injilchi-lyuteran cherkoviga borishga majbur qildi. Mahalliy lyuteranlarning boshlig‘i, agar ularning seminariyasida imtihon topshira olsa, uni pastor sifatida qabul qilishga rozi bo‘ldi. Timuxin «a’lo» baho olib, Novosibirskdagi missionerlik ishiga javobgar bo‘ldi. Bir yildan so‘ng Yekaterinburgga jo‘nadi.
Lyuteran bo‘lganda ham ko‘p kitob o‘qishni davom ettirdi va kutubxonasida kitob ko‘paysa ko‘paydiki, kamaymadi.

"Tarix va mifologiyani chuqurroq o‘rganishni davom ettirib, men "uchlik" aqidasi butparastlikdan kelib chiqqanligini angladim, chunki "uchlik" so‘zi butun Injilda, hatto Yangi Ahdda ham uchramaydi. Shunday qilib, men Xudo yagona va U jismdagi qobiqda bo‘lmasligiga qat’iy ishonch hosil qildim. Yekaterinburgda yashar ekanman, xotinim bilan masjidga borishni boshladik. 2003 yil fevral oyida men cherkovdagi xizmatni tark etdim. Oilam bilan Kemerovo viloyatining Belovo shahriga ko‘chib o‘tdik».

Shunday qilib, yomg‘irdan qochib qorga tutilganini anglagan Sergey va uning rafiqasi Belovo masjidida Abdulhaq nomini olib, tavhidni tan oldi. Haq sifati bo‘lgan Alloh uni haqqa, haqiqatga yetaklagani uchun Sergey Abdulhaq ismini tanlashiga sabab bo‘ldi.

Alloh haq yo‘lidan adashtirmasin.

(davomi bor)

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hidoyatga kelgan nasroniy ruhoniylar: Sergey Abdulhaq Timuxin