12:06 / 07.06.2020
3 315

Hidoyatga kelgan nasroniy ruhoniylar: (Jozef) Yusuf Estes

Hidoyatga kelgan nasroniy ruhoniylar: (Jozef) Yusuf Estes
Ushbu maqoladagi qahramonlardan biri, Ikkinchi Jahon urushi oxirida Texasda tug‘ilgan sobiq xristian voizi.

Jozef O‘rta G‘arbda protestant nasroniy oilasida o‘sgan, u nafaqat AQSHda ko‘plab cherkovlar va maktablarni qurgan, balki bu sohada birinchilardan bo‘lgan edi. U bolaligidan muntazam ravishda cherkovga borar va Injilni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish unga juda erta shakllangan edi. Shu bilan birga, qiziquvchan o‘spirin hinduizm, yahudiylik, buddizm, metafizika, hindular e’tiqodini o‘rganishni boshladi. Ammo Islomning mavjudligi haqida xayoliga ham kelmadi.

Otasi juda badavlat odam edi va uning o‘g‘li bilan birgalikda ularga millionlab dollar olib keladigan biznesi bor edi, ammo ular missionerlik faoliyatini asosiy kasblari deb bilishardi. Ular nafaqat cherkovlarni barpo etishar, balki odamlarni Masihga ishonishga da’vat qilardi. Jozefning otasi, 1991 yilda bir misrlik bilan ish bo‘yicha uchrashishi kerak edi. U o‘g‘liga ham kelishini so‘radi, ularning niyati misrlikka Iso haqida gapirib, uni “to‘g‘ri yo‘l”ga solish edi. Lekin o‘g‘li otasining o‘zi kifoya qilishini aytib, u yerga bormadi.

Yosh Estesning Muhammadga "ishlov berish"i va ish munosabatlari bir necha oy davom etdi va boshqa katolik ruhoniy Yakob ham unga yordam bera boshladi.

"O‘sha kuni ertalab soat 11.00 atrofida men ikki guvoh – sobiq ruhoniy, endilikda musulmon Yakob, ikkinchisi Muhammad Abdurrahmon oldida: "Allohdan boshqa xudo yo‘q, Muhammad va uning payg‘ambari" deb imon keltirdim.

Bir necha daqiqadan keyin xotinim kelib, xuddi shu so‘zlarni aytdi. Faqat bu safar o‘sha kalima uch nafar musulmon guvohlari oldida (men uchinchi edim) aytildi. Otam ham bir necha oydan keyin Islomni qabul qildi.

Bolalarimizni nasroniy maktabidan islom maktabiga o‘tkazdik. Endi ular Qur’ondan yod ola boshlashdi.

Uning qaynotasi ham qarindoshlari orasida “Isoning buyuk payg‘ambar bo‘lganligiga, ammo u Xudoning o‘g‘li emas”ligiga guvohlik berganlarning oxirgisi bo‘ldi.

Ne ajabki, “Xudoning uchbirligi”ga da’vat qilgan odamlarning hammasi deyarli bir vaqtda musulmon bo‘lishdi.

Yusuf ismini olgan Jozef Xudoga bo‘lgan chaqiruvni to‘xtatmadi, aksincha uni yanada faolroq bo‘ldi, chunki Uning mohiyatiga nisbatan shubhalar undan chiqib ketdi. Uning Masih va Islom haqidagi ma’ruzalarini turli mamlakatlarda minglab tinglovchilar yig‘adi va turli tillardagi videolarini millionlab odamlar ko‘radi, buning natijasida Islomga tobora ko‘proq odamlar tashrif buyurmoqdalar.

“... 1991 yilda men musulmonlar ham Injilni tan olishlarini bildim. Men hayratda qoldim. Qanday qilib? Ammo bu hammasi emas edi: ular Isoga:
– Xudoning sodiq elchisi,
– Xudoning payg‘ambarlaridan biri bo‘lgani,
– pok tavalludi;
– Injilda aytilganidek, Masih;
– Xudo uchun juda muhim bo‘lgan kishi;
– imonli odamlarni Dajjolga qarshi olib boradigan qiyomat kuni keladigan odam sifatida ishonishar ekan”.

Yusuf Estes 2012 yil 8 avgust kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan “Muqaddas Qur’oni karim” marosimida "yilning eng yaxshi odami" deb topildi.

(Davomi bor).

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hidoyatga kelgan nasroniy ruhoniylar: (Jozef) Yusuf Estes