21:13 / 20.06.2020
2 814

Lukashenko demokratik yo‘l tutsa, Belarusni qo‘ldan chiqarishini ma’lum qildi

Lukashenko demokratik yo‘l tutsa, Belarusni qo‘ldan chiqarishini ma’lum qildi
Foto: «TASS»
Belarusda mamlakat rahbarligiga nomzod bo‘lgan muxolifatchilarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida o‘tkazilayotgan aksiyalar fonida prezident Aleksandr Lukashenko demokratik yo‘l tutsa, hokimiyatni qo‘ldan chiqarishi va qarg‘ishga uchrashini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

«Meni tanlov qarshisiga qo‘ymang. Demokratik yo‘l tutsam, oppoq va paxmoq ekanligimni ko‘rsatsam, mamlakatni qo‘ldan chiqarishim mumkin. Buning oqibatida bir yilga bormay qarg‘ishga qolaman. Hech kim meni va barchamizni Belarusni yo‘q qilganimiz uchun kechirmaydi», — deydi Lukashenko.

«Yana bir variant. Meni ushbu muammoni hal etish uchun kuch ishlatishga undashmoqda», — deya qo‘shimcha qiladi prezident.

Shu bilan birga, Lukashenkoning qayd etishicha, u butun umrini ushbu mustaqil, suveren davlatni qurishga sarflagan va hech kimning mamlakatni sindirishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Belarus prezidentining fikricha, mamlakatdagi vaziyatni o‘zgartirishni istagan odamlar — «adashganlar» va ular o‘zlaridan foydalanishayotganini tushunmayapti.

Mamlakat rahbari odamlarga murojaat qilib, o‘z pozitsiyasini tushunishlarini so‘radi. «Men hozircha iltimos qilyapman va ogohlantiryapman: bu ishni qilmang, hukumatni qandaydir chora ko‘rishga undamang, yumshoqroq qilib aytganda — bizni bunga majburlamang».

Eslatib o‘tamiz, Minskda 18 iyun kuni Belarus prezidentligiga nomzod Viktor Babariko qo‘lga olingan. Rasmiylar Babarikoni «Belgazprombank»da noqonuniy tashkilotga rahbarlik qilganlikda ayblamoqda. Shu sabab Minsk aholisi prezident saylovi kampaniyasi davomida siyosatchilar va faollarning qo‘lga olinishiga norozilik belgisi sifatida «birdamlik zanjir»iga tizilgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko demokratik yo‘l tutsa, Belarusni qo‘ldan chiqarishini ma’lum qildi