22:20 / 27.06.2020
2 193

Qirg‘iziston hukumatining 26 xodimida koronavirus aniqlandi

Qirg‘iziston hukumatining 26 xodimida koronavirus aniqlandi
Qirg‘iziston hukumati apparatining 26 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Tahlil natijalariga ko‘ra, 26 nafar xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ikki kun ilgari 11 kishida musbat natija tasdiqlandi, qayta tahlilda yana 15 kishi COVID-19ga chalingani ma’lum bo‘ldi. Ular orasida bosh vazir maslahatchilaridan biri Artyom Novikov va bosh vazir yordamchisi ham bor", - deyiladi xabarda.

Xabar qilinishicha, hukumat apparati rahbari – vazir Taalaybek Temiraliyev hozirda izolyatsiyada.
Kasallik aniqlangan barcha xodimlar uy karantiniga joylashtirilgan.

"Ko‘pchilikda kasallik belgilarsiz kechmoqda. Ular bilan muloqot qilgan shaxslar ham aniqlandi. Hukumat apparatining aksariyat xodimlari masofadan ishlashda dvom etadi", - deya ma’lum qilingan xabarda.

Bugungi kunda Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4500dan oshgan, 46 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston hukumatining 26 xodimida koronavirus aniqlandi