date

Diogu Jota va ukasi bilan bog‘liq qayg‘uli avariya: Jota qayerga ketayotgani aniqlandi

Diogu Jota va ukasi bilan bog‘liq qayg‘uli avariya: Jota qayerga ketayotgani aniqlandi
Yevropa va dunyo futboli yana bir og‘ir musibatga duch keldi — “Liverpul” hujumchisi Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva Ispaniya yo‘llaridagi dahshatli avtohalokatda halok bo‘ldi. 28 yoshli futbolchiga sportmashinada hamrohlik qilgan ukasi bilan yo‘lda ketar ekan, mashina shinasi portlagan va natijada yo‘lni tark etgan. Bir necha soniya ichida yonib ketgan avtomashinadan chiqib ketishning iloji bo‘lmagan.

Hodisa tez orada butun jahon OAVlarida asosiy yangilikka aylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Diogu Jota yaqinda o‘pkasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan va shifokorlar unga samolyotda uchishni tavsiya etmagan. Shu sababli, ukasi bilan Santander shahriga borib, u yerdan kemada Buyuk Britaniyaga yetib olishni maqsad qilgan.

Futbolchi Angliyaga qaytib, “Liverpul” bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun yo‘lga chiqqandi. Ammo afsuski, taqdir uni boshqacha sinovga duchor qildi. Muxlislar va futbol jamoatchiligi bu dahshatli voqeadan hanuz huzur topa olmayapti — millionlab insonlar Diogu Jota va ukasi xotirasi uchun motam tutayapti.

Jota nafaqat maydondagi o‘yinlari, balki samimiyligi, mehnatsevarligi va insonparvarligi bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan edi. Uning va ukasi Andre Silvaning hayoti hamda faoliyati butun dunyoda hurmat va ehtirom bilan yodga olinadi. Hozirgi kunda klub va jamoadoshlari, futbol oilasi va sport muxlislari Diogu Jota va ukasi xotirasi uchun chuqur hamdardlik bildirayotgan paytda, ushbu fojiali voqea haqiqiy insoniylik va hayot qadrini yana bir bor eslatdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Diogu Jota va ukasi bilan bog‘liq qayg‘uli avariya: Jota qayerga ketayotgani aniqlandi