date

Rossiya “Tolibon” hukumatini rasman tan oldi: tarixiy qadam

Rossiya “Tolibon” hukumatini rasman tan oldi: tarixiy qadam
Rossiya rasman Afg‘oniston Islom Amirligini tan oldi. Bu haqda mamlakat prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi, deb xabar berdi rus nashrlari.

3 iyul kuni ertalab Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Afg‘onistonning Moskvadagi yangi elchisi Gul Hasandan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Shu orqali, Afg‘onistonning Rossiyadagi birinchi rasmiy elchisi o‘z vazifalarini amalga oshirishni boshladi.

Gul Hasan 1 iyul kuni Moskvaga yetib keldi va 2 iyul sanasidan boshlab ish boshladi. U 2021 yilda Tolibon hokimiyatga kelganidan beri Rossiyada elchi sifatida tayinlangan birinchi shaxs hisoblanadi.

Rossiya tomoni bu qadamni aprel oyida boshlagan. Xususan, Afg‘onistondagi Rossiyaning diplomatik missiyasi avval faqat muvaqqat ishlar vakili darajasida bo‘lgan bo‘lsa, endi u rasman elchixona maqomiga ko‘tarildi. Bu yangilik Tolibon harakati Rossiyada taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilganidan so‘ng amalga oshirildi.

Afg‘onistonda yangi tuzilgan hukumat 2021 yildan buyon xalqaro maydonda tan olinmagan edi. Rossiya esa shu paytgacha rasmiy tan olishga shoshilmagan, ammo diplomatik munosabatlar uzilmagandi.

Endilikda bu qadam xalqaro siyosiy muhokamalarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ayniqsa, bu qaror Afg‘onistonni tan olish bo‘yicha boshqa mamlakatlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi?

Siz nima deb o‘ylaysiz? Rossiyaning bu qadami mintaqa tinchligiga xizmat qiladimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya “Tolibon” hukumatini rasman tan oldi: tarixiy qadam