12:35 / 28.06.2020
3 115

Rossiya Afg‘onistondagi AQSH harbiylarining o‘ldirilishi uchun mukofot belgilagani ma’lum bo‘ldi

Rossiya Afg‘onistondagi AQSH harbiylarining o‘ldirilishi uchun mukofot belgilagani ma’lum bo‘ldi
Foto: DW
The New York Times gazetasi Rossiya harbiy razvedkasi bo‘linmasi «Tolibon» harakatiga bog‘liq jangarilarga Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya harbiylarini o‘ldirganlik uchun maxfiy ravishda mukofot taklif qilganini ma’lum qildi.

AQSH razvedkasi bir necha oy oldin 2019 yilda mukofot Yevropadagi maxfiy operatsiyalarga bog‘liq bo‘linma tomonidan taklif qililgan degan xulosaga kelgan. Manbalarning ma’lum qilishicha, «Tolibon» a’zolari qilgan ishi uchun mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Qotillik sodir etilgan yoki etilmagani noma’lum, biroq 2019 yil davomida Afg‘onistonda 20 nafar amerikalik harbiy vafot etgan.

AQSH prezidenti administratsiyasi ushbu masalani mart oyida muhokama qilgan. Amerika hukumati Rossiyaning ushbu harakatiga qarshi bir nechta javob variantini tayyorlagan — diplomatik kanallar orqali shikoyatlardan tortib yangi sanksiyalarga qadar. Hozircha qaror qabul qilinmagan.

AQSHdagi Rossiya elchixonasining ma’lum qilishicha, «asossiz va anonim ayblov» sabab Vashington va Londondagi rossiyalik diplomatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlarga uchray boshlagan. Elchixona Twitter orqali kelib tushgan tahdidlarning skrinshotlarini e’lon qilgan.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kremlning ushbu ayblovlardan xabari yo‘q. «Kimdir bu kabi ayblovni ilgari sursa, biz bunga javob qaytaramiz», — degan Peskov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Afg‘onistondagi AQSH harbiylarining o‘ldirilishi uchun mukofot belgilagani ma’lum bo‘ldi