18:25 / 29.06.2020
2 336

Yangi Zelandiyada butun boshli aholi maskani sotuvga qo‘yildi

Yangi Zelandiyada butun boshli aholi maskani sotuvga qo‘yildi
Foto: New Zealand Sotheby’s International Realty
Yangi Zelandiyadagi Mellonsfolli Ranch aholi maskani 7,5 million dollarga baholandi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Hududda o‘nlab binolar mavjud bo‘lib, bundan tashqari, xaridor asal ishlab chiqarish bo‘yicha tayyor biznesni qo‘lga kiritadi. Aholi maskani nisbatan yangi – uni 2006 yilda vesternlarni yoqtiruvchi mahalliy fuqaro barpo etgan. U AQSHning Vayoming shtatida joylashgan kovboylar shaharchasiga o‘xshab ketadi.

Aholi maskani 22 kishiga mo‘ljallangan – bu yerdagi uchta uyga shuncha kishi sig‘adi. Uylar yonida sherif ofisi, kinoteatr va sud binosi joylashgan. Oklenddan Mellonsfolli Ranchgacha mashinada olti soatda yetib borish mumkin.

2016 yil martda AQSHning Nevada shtatida kazino, do‘kon va moteli bor aholi maskani sakkiz million dollar narx bilan sotuvga qo‘yilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiyada butun boshli aholi maskani sotuvga qo‘yildi