Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kelgusi hafta COVID-19 koronavirusining kelib chiqishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun XXRga bir guruh mutaxassislarni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tashkilotning bosh direktori Tedros Gebreyesus ma’lum qildi.
"Biz bu virus haqda hamma narsani, jumladan qanday tarqala boshlaganini bilganimizdan so‘ng, u bilan qanday kurashishni yaxshiroq bilamiz va kelgusi hafta Xitoyga ish olib borish uchun o‘z guruhimizni yuboramiz", dedi janob Gebreyesus 29 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda. Ushbu ish kelajakda shunga o‘xshash hodisalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradi, deya qo‘shimcha qildi u.
JSST rahbari shuningdek, koronavirus pandemiyasining tezlashganini ma’lum qildi. Xitoyda COVID-19 ning birinchi tarqalishi aniqlanganidan olti oy o‘tgach, dunyoda bu kasallikka chalinganlar soni 10 millionga etdi, vafot etganlar soni 500 mingni tashkil qildi. "Biz barchamiz buni tugashini xohlaymiz, ammo shafqatsiz haqiqat shuki, biz hali intihoning yaqiniga ham kelmadik”, - dedi Gebreyesus.
Bir necha davlat rasmiylari ilgari SARS-CoV-2 virusining (COVID-19 ning qo‘zg‘atuvchisi) rasmiy Xitoy tomonidan taqdim etilgan versiyasidan shubhalanishgan. JSSTning koronavirus bilan bog‘liq harakatlari AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan tanqid qilindi. Uning fikricha, Xitoy infeksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirgan va JSSTni Xitoy qo‘lida qo‘g‘irchoq deb atagan. Tramp, Xitoy dunyoda ataylab COVID-19'ni tarqatishi mumkinligini ham istisno qilmadi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin koronavirusni "kimdir yaratgan" deyishga asos yo‘q, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasining birinchi holati Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, XXRdagi pandemiya paytida 84 mingdan ortiq holatlar aniqlangan, 4,6 mingdan ko‘proq odam vafot etgan, 79 mingdan ortiq odam tuzalib ketgan. Iyun oyi boshida Pekin Xitoydagi COVID-19 pandemiyasining yangi o‘chog‘iga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi