Foto: Reuters
Erdo‘g‘an moliya vaziri, shu bilan birgalikda kuyovi Berat Albayrakning to‘rtinchi o‘g‘li tug‘ilishi haqidagi tvitiga ayrimlar haqoratli izohlar yozganidan so‘ng ana shunday bayonot bilan chiqdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlar hukumat tomonidan qat’iy nazoratga olinishini e’lon qildi.
"Yolg‘on, haqorat, shaxs huquqiga tajovuz qilish va tuhmatlarga to‘lib-toshgan bu kanallar tartibga solinishi shart", - dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra u "bunday ijtimoiy kanallarni butunlay yo‘qotish va nazorat qilish" uchun qonun loyihasini parlamentga imkon qadar tezroq kiritmoqchi.
Erdo‘g‘an moliya vaziri, shu bilan birgalikda kuyovi Berat Albayrakning to‘rtinchi o‘g‘li tug‘ilishi haqidagi tvitiga ayrimlar haqoratli izohlar yozganidan so‘ng ana shunday bayonot bilan chiqdi. Turkiya prezidenti o‘n minglab kishilar bu xabarni ijobiy izohlagani, ammo axloq va insoniylikdan yiroq bo‘lgan ayrim "ablahlar" haqoratlar bilan javob yozishganini aytdi.
Adliya va politsiya organlari ularni aniqlash uchun zudlik bilan harakat boshladi, ular topilib, sud oldida javob beradi, dedi Erdo‘g‘an.
"YouTube, Twitter, Netflix va shunga o‘xshash ijtimoiy tarmoqlarga nima uchun qarshi ekanligimizni endi tushungandirsiz? Aynan mana shunday yaramasliklarni yo‘q qilish uchun", - deb qo‘shib qo‘ydi u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi