16:23 / 02.07.2020
2 691

Amerikaliklar yo‘llarda o‘lim holatini kamaytirish usulini o‘ylab topdi

Amerikaliklar yo‘llarda o‘lim holatini kamaytirish usulini o‘ylab topdi
Foto: Motor
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, zamonaviy avtomobillardagi xavfsizlik tizimlari yo‘llarda yuzaga keladigan o‘lim holatlarini sezilarli darajada kamaytirishga qodir, shu sababli ularni majburiy etib belgilash kerak, deb xabar beradi Motor.

2019 yilda AQSHda 37 800 kishi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan. Consumer Reports nashrining ta’kidlashicha, amerikaliklar yo‘llardagi o‘lim ko‘rsatkichini ikki barobarga kamaytirish usulini o‘ylab topgan — barcha yangi avtomobillarga zamonaviy xavfsizlik tizimini qonunchilik tartibida majburiy qilib qo‘yish.

«Barcha uchun xavfsizlikni ta’minlash o‘rniga, avtomobil ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarga mashinalarning hayotiy funksiyalarini o‘rganish va qo‘shimcha haq to‘lash majburiyatini yuklaydi», — deydi Consumer Reports xavfsizlik menejeri Uilyam Uolles.

Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, favqulodda avtomatik tormozlanish, belgilangan yo‘nalish chizig‘idan chiqib ketishda va «ko‘rinmas zonalar»da ogohlantiruvchi tizimlar barcha yangi avtomobillar uchun standart etib belgilansa, har yili 11 800 kishining hayotini saqlab qolish mumkin. Bundan tashqari, agarda barcha yangi avtomobillar mast holatda boshqarishni taqiqlovchi texnologiya bilan jihozlansa 3700-7400 kishining, avtomobillar o‘rtasidagi ma’lumotlar alamashinuvi texnologiyasi esa kamida 1300 kishining hayotini saqlab qolishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019 yilda jami 6 milliondan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etilgan. Oqibatda 8588 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 7943 nafar fuqaro jarohatlangan va 2096 nafar shaxs halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikaliklar yo‘llarda o‘lim holatini kamaytirish usulini o‘ylab topdi