08:46 / 08.07.2020
2 842

Qozog‘istonda dori-darmon ajiotaji boshlandi. Toqayev fuqarolarni sarosimaga berilmaslikka chaqirdi

Qozog‘istonda dori-darmon ajiotaji boshlandi. Toqayev fuqarolarni sarosimaga berilmaslikka chaqirdi
Foto: Tengrinews
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev dori-darmonga talab oshib ketgani ortida aholiga murojaat qildi. U fuqarolarni sarosimaga berilmaslikka chaqirgan.

Huquq-tartibot idoralari mening topshirig‘imga ko‘ra dori-darmon chayqovchiligi bilan shug‘ullanayotganlarni ushlashni boshladi. Fuqarolarni dori-darmon bilan ta’minlash bo‘yicha ish davom etmoqda. Fuqarolarga dori-darmonga talab oshishiga olib keluvchi sarosimaga berilmaslik iltimosi bilan murojaat qilaman”, deb yozgan Qozog‘iston prezidenti Twitter’da.

Bir kun avval Qozog‘istondagi dorixonalarda dori tanqisligi sababli odamlar ijtimoiy tarmoqlar orqali bir-birlaridan yordam so‘rayotganlari ma’lum qilingan. Ko‘pchilik zarur dorini istalgan pulga sotib olishga tayyorligini yozgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda dori-darmon ajiotaji boshlandi. Toqayev fuqarolarni sarosimaga berilmaslikka chaqirdi