15:23 / 19.07.2020
3 117

Olimlar koronavirus kechishining og‘irlik darajasiga ko‘ra 6 turi borligini aniqladi

Olimlar koronavirus kechishining og‘irlik darajasiga ko‘ra 6 turi borligini aniqladi
London qirollik kolleji tadqiqotchilari koronavirus infeksiyasi chaqiradigan oltita kasallik formasini aniqladi. Ular bir-biridan simptomlari hamda kasallik kechishining og‘irlik darajasiga qarab farqlanadi, deb yozadi Sky News.

Qayd etilishicha, olimlar o‘z tadqiqotlarida AQSH va Britaniyadagi 1600 nafar bemorda kuzatilgan simptomlar haqidagi ma’lumotlarga tayangan. Ma’lumotlarni ular koronavirus simptomlarini o‘rganish uchun yaratilgan COVID Symptom Study mobil dasturi yordamida to‘plagan.

Shunday qilib, birinchi va ikkinchi kasallik formasiga gripp simptomlariga o‘xshash belgilar xos. Bunda bemorda tana harorati ko‘tarilishi ham, ko‘tarilmasligi ham mumkin.

Uchinchi formada esa bemorda COVID-19 yo‘talsiz kechadi, biroq uni ich ketishi, ishtahasizlik, tana haroratining ko‘tarilishi qiynaydi. Ushbu forma shartli tarzda yengil deya tavsiflanadi. Bunda bemorlarning faqat 1,5—4,4 foizigagina respirator yordam talab qilingan.

To‘rtinchi formada esa kasallikning asosiy simptomlariga charchoq ham qo‘shilgan, bemorlarning 8, 6 foiziga respirator yordam talab qilingan.

Beshinchi formada esa mushaklarda og‘riq, fikrlar tarqoqligi paydo bo‘ladi. 9,9 foiz holatda respirator yordam talab qilinadi.

Oltinchi — kasallikning eng og‘ir formasi. Ushbu holatda 50 foiz bemorlar kasalxonaga joylashtirilgan. Bemorlar ishtahasizlik, ich ketishi, qorin sohasidagi og‘riq, nafas olishning qiyinlashishi, ko‘krak va mushaklarda og‘riq, fikrlar tarqoqligi, charchoqdan aziyat chekadi. Bunda 19,8 foizda respirator yordam talab qilinadi.

«Kasallikning oltinchi formasi aksariyat hollarda keksa, shuningdek, ortiqcha vazni hamda yo‘ldosh kasalliklari mavjud insonlarda kuzatilmoqda», — deyiladi xabarda.

Olimlarning ta’kidlashicha, kasallik boshlanganidan so‘ng birinchi besh kun ichida bemorning qaysi toifaga kirishi aniqlansa, og‘ir asoratlarning oldini olish mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirus kechishining og‘irlik darajasiga ko‘ra 6 turi borligini aniqladi