Yakshanba kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari soni 15 milliondan oshdi. Bu haqda onlayn tarzda hukumatlar bergan ma’lumotlar va rasmiy manbalar axboroti asosida statistikani taqdim etib borayotgan AQSHning Jons Hopkins universiteti ma’lum qilgan.
26 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasidan zararlanish holatlari soni 16 048 100taga yetgan, shundan 644 537 kishi vafot etgan.
Dunyo reytingida ilk uch o‘rinni hamon AQSH (4,1 mln), Braziliya (2,3 mln) va Hindiston (1,3 mln) band etgan.
Shuningdek, Covid-19 bilan kasallanish holatlari eng ko‘p qayd etilgan 10ta davlat qatoridan quyidagi mamlakatlar ham o‘rin olgan:
Rossiya — 812,4 ming;
Janubiy Afrika — 434,2 ming;
Meksika — 385,1 ming;
Peru — 379,8 ming;
Chili — 343,5 ming;
Ispaniya — 319,5 ming;
Buyuk Britaniya — 298,6 ming.
Bundan tashqari, Eron (288,8 ming), Pokiston (273,3 ming), Saudiya Arabistoni (264,9 ming), Italiya (245,8 ming), Kolumbiya (240,7 ming), Turkiya (225,1 ming), Bangladesh (221,1 ming) va Germaniyada (206,3 ming) ham kasallanish holatlari soni 200 minglik nuqtadan o‘tgan.
Eng ko‘p o‘limlar AQSH (146,4 ming), Braziliya (86,4 ming), Buyuk Britaniya (45,8 ming), Meksika (42,6 ming) va Italiyada (35,1 ming) qayd etilgan.
O‘lim holatlari soni bo‘yicha o‘nlikdan yana quyidagi davlatlar o‘rin olgan:
Hindiston —32,1 ming;
Fransiya — 30,1 ming;
Ispaniya — 28,4 ming;
Peru — 18,03 ming;
Eron — 15,4 ming.
Shuningdek, 11-o‘rindagi Rossiyada o‘lim holatlari soni 10 mingdan oshgan (13 269 holat).
26 iyul kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish bilan bog‘liq 20 ming 226 holat qayd etilgan, shu vaqtgacha bemorlarning 11 mingga yaqini tuzalib chiqqan, 112 kishi vafot etgan. Ayni vaqtda 9283 bemor davolanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi