11:50 / 28.07.2020
2 656

Yangi moda. Displeyga ega himoya niqobi yaratildi (video)

Yangi moda. Displeyga ega himoya niqobi yaratildi (video)
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Amerikalik dizayner yupqa LED-displeyni yuz uchun mo‘ljallangan niqob matosiga joylashtirdi. Undan koronavirusga qarshi foydalanish mumkin, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Chelsi Klukas ismli ayol dastlab YouTube’ga qo‘l ostidagi materiallardan ekranli niqob yig‘ish bo‘yicha oddiy qo‘llanmani e’lon qilgan. Video ostiga qoldirilgan izohlarda ko‘pchilik tayyor niqobni qayerdan xarid qilish mumkin deb so‘rayvergach, u ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan.

U yuz uchun mo‘ljallangan oddiy matoni olgan va unga o‘nlab yorug‘lik diodlarga ega yupqa LED-displeyni qoplagan. Bu yuzga taqilgan niqobda biror matn yoki oddiy suratlar tasvirini tushirish uchun yetarli. Hatto uzun jumlalarni ham joylashtirish yoki musiqa uchun vizual ekvalayzerni yoqish mumkin.

Niqob ekranidagi tasvirlar smartfondagi ilova orqali boshqariladi — tayyor kutubxonadan biror matn yoki tasvirni ham tanlash mumkin. Faol rejimda niqob bir marta quvvatlanish orqali 3-4 soat ishlay oladi. Uni dezinfeksiya qilish uchun esa, barcha elektronikani olib qo‘ysa ham bo‘ladi.

Dizayner bu turdagi niqoblarni o‘zining sayti orqali 95 dollardan sotmoqda. Chelsining so‘zlariga ko‘ra, u buning ortida pul ishlab topish niyatida emas, shu sababli niqoblarni sotishdan ko‘rilgan barcha foydani u koronavirusga qarshi kurash fondiga xayriya qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi moda. Displeyga ega himoya niqobi yaratildi (video)