10:00 / 01.08.2020
2 354

Tramp TikTok’ni AQSHda taqiqlashini aytdi

Tramp TikTok’ni AQSHda taqiqlashini aytdi
Foto: Saul Loeb/AFP via Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp TikTok ilovasining Amerika hududida ishlashiga taqiq joriy etmoqchi, deb yozmoqda Bloomberg.
«Modomiki [biz] TikTok [mavzusi]ni tilga olgan ekanmiz, uni AQSHda taqiqlaymiz», — degan davlat rahbari Floridadan Vashingtonga qaytayotgan samolyoti bortida jurnalistlarga.

Amerika yetakchisi bu borada kerakli ijro farmoni imzolashi yoki favqulodda iqtisodiy vakolatidan foydalanishi mumkinligini aytib o‘tgan.

Avvalroq Microsoft Xitoyning TikTok onlayn servisini xarid qilish borasida muxokaralar boshlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Servis Xitoyning ByteDance internet kompaniyasiga tegishli. Tramp mamlakat hokimiyati TikTok’ka qarshi turli choralar qo‘llash, jumladan uni taqiqlash varinatini ham ko‘rib chiqmoqda.

Bir haftacha muqaddam ayrim amerikalik investorlar TikTok’ni bosh kompaniya ByteDance’dan sotib olish imkoniyatini o‘rganib chiqayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Bu ko‘rsatkichlari tobora o‘sib borayotgan ilovani ByteDance nazorat qila olmayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp TikTok’ni AQSHda taqiqlashini aytdi