09:13 / 02.08.2020
2 185

Britaniya qirg‘oqlarida ko‘kragiga o‘q tekkan chayka ikki oydan beri yashayotgani ma’lum bo‘ldi

Britaniya qirg‘oqlarida ko‘kragiga o‘q tekkan chayka ikki oydan beri yashayotgani ma’lum bo‘ldi
Foto: The Mirror
Britaniyaning Blekpul shahri aholisi ikki oydan buyon ko‘kragida kamon o‘qi bilan yurgan dengiz chaykasini kuzatmoqda. Qush bu vaqt davomida bemalol uchib, fastfud ishqibozlarining ovqatlarini o‘g‘irlamoqda, deb xabar beradi The Mirror.

Chaykaning ko‘kragiga sanchilgan o‘qning uzunligi taxminan 45 santimetrga teng. Bu qushga mahalliy KFC tezkor ovqatlanish restorani bo‘ylab «sayr qilishiga» xalaqit bermayapti. Muassasa mijozlari chaykani muntazam kartoshka va tovuq go‘shti bilan boqib kelmoqda.

Odamlarning ta’kidlashicha, qush o‘zini boshqa turdoshlari kabi tutmoqda, ko‘rinishi sog‘lom. Ayrim britaniyaliklar bir necha bor qushni ushlab, uni veterinarlarga topshirishga uringan, biroq hozircha buni uddalay olishgani yo‘q.

Qushni kim otgani noma’lum. Mahalliy aholi bu kabi buzg‘unchilar qo‘lidan boshqa jonivorlar ham zarar ko‘rishidan xavotirda. Hukumat hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikning oldini olish maqsadida chayka haqida Hayvonlarni himoya qilish qirollik jamiyatiga murojaat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya qirg‘oqlarida ko‘kragiga o‘q tekkan chayka ikki oydan beri yashayotgani ma’lum bo‘ldi