Foto: ecovision
Tadqiqot fevral – iyun oylarida 123 mamlakatda o‘tkazilgan. Bu vaqtda dunyodagi aksariyat davlatlarda fuqarolarning harakatlanishi va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatiga cheklovlar joriy etilgan edi.
COVID-19 pandemiyasi davrida joriy etilgan karantin va cheklov choralari atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilar kamayishiga olib keldi, deyiladi Buyuk Britaniya va AQSH olimlarining tadqiqotlarida. Bu haqda Nature Climate Change ilmiy jurnali xabar bermoqda.
Pirs Foster boshchiligidagi Lids universitetining bir guruh mutaxassislari issiqxona gazlari va havoni ifloslantiruvchi boshqa moddalarning o‘nga yaqin turi bilan bog‘liq o‘zgarishlar dinamikasini kuzatishgan.
«Tadqiqot fevraldan iyungacha 123 mamlakatda o‘tkazilgan. Aynan shu paytda koronavirus tufayli aksariyat davlatlarda odamlarning harakatlanishiga va sanoat korxonalari faoliyatiga cheklovlar kiritilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, aprel oyida global azot oksidi chiqindilari 30 foizga kamaygan. Bu esa yil boshidan sayyoramizning qisqa muddatli sovishiga olib keldi», – deya ta’kidlanadi maqolada.
Olimlar pandemiya sababli kiritilgan cheklovlarning atfosmeraga bevosita ta’siri sezilar-sezilmas bo‘ladi, deb hisoblashgan.
Ularning ta’kidlashicha, agar iqtisodiy tiklanish yashil tadbirlarni rag‘batlantirish va yoqilg‘ining qazib olinadigan turlari bilan ishlashni qisqartirishga qaratilgan bo‘lsa, 2050 yilga kelib 0,3 darajaga qadar global isishning oldini olish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi