14:34 / 24.08.2020
1 952

Olimlar hanguzgacha koronavirusning kelib chiqishi manbasini aniqlay olishmadi

Olimlar hanguzgacha koronavirusning kelib chiqishi manbasini aniqlay olishmadi
Olimlar hanguzgacha koronavirusning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan manbani aniqlay olishmadi. Das Erste nashri koronavirus Xitoyning Uhan shahrida 2019 yil dekabr oxirida ilk bor qayd qilingandan bir necha oy oldin paydo bo‘lganidan darak beruvchi bir qator tadqiqotlarni keltirib o‘tgan.

Xususan, fransiyalik shifokor Mixel Shmitt koronavirus alomatlarini o‘z bemorlarida 2019 yil noyabrida aniqlagan. Uning ta’kidlashicha, bemorlar o‘pkasining rentgen yordamida olingan suratlari o‘pkaning aynan shu virusdan zararlanganidan darak beradi. Bundan tashqari, ushbu bemorlarda keyinroq koronavirusga antitanalar aniqlangan.

Mixel Shmitt
Shuningdek, koronavirus izlari Italiya va Braziliyada 2019 yil noyabr va dekabrda olingan suv namunalarida ham aniqlangan.
Kembrij universiteti genetigi Peter Forster virus tarqalishini tahlil qilib, u 2019 yil sentabridan dekabrigacha oraliqda paydo bo‘lgani haqidagi xulosaga kelgan.

Koronavirusning paydo bo‘lishi taxminiy joyi sifatida Xitoy va unga qo‘shni Osiyo davlatlari aytilmoqda. Biroq olimlar “nolinchi bemor” qayerda va qachon unga chalinganini hanuzgacha aniqlay olishmadi.

Das Erst’ning yozishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham infeksiyaning manbasi borasida bir to‘xtamga ega emas. Avgust boshida JSST rahbari Tedros Gebreyesus bu masalani o‘rganish bo‘yicha katta tadqiqot boshlanishini e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar hanguzgacha koronavirusning kelib chiqishi manbasini aniqlay olishmadi