21:30 / 24.08.2020
5 243

Avtomat ko‘targan Lukashenko o‘z xalqini «kalamushlar» deb haqorat qildi (video)

Avtomat ko‘targan Lukashenko o‘z xalqini «kalamushlar» deb haqorat qildi (video)
23 avgust kuni Minsk aholisi Aleksandr Lukashenkoning iste’fosini so‘rab, yangi norozilik namoyishini o‘tkazdi, deb xabar beradi Meduza.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aksiyada 150 mingga yaqin odam ishtirok etgan.

Kechasi namoyishchilar uy-uyiga tarqalishni boshlagan vaqtida Lukashenko matbuot xizmati prezident norozilik vaqtida nimalar bilan shug‘ullangani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi: u vertolyotga Minsk uzra parvoz qilib, aksiya ishtirokchilarini kalamushga qiyoslagan, qo‘lida avtomat bilan ishchi qarorgohi tomon borgan (yonida harbiy ekipirovkadagi kenja o‘g‘li Nikolayni ham ko‘rish mumkin), kuch tuzilmalari xodimlariga minnatdorchilik bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avtomat ko‘targan Lukashenko o‘z xalqini «kalamushlar» deb haqorat qildi (video)