12:07 / 01.09.2020
1 879

JSST Shvetsiyaning koronavirusga qarshi kurashish strategiyasini olqishladi

JSST Shvetsiyaning koronavirusga qarshi kurashish strategiyasini olqishladi
Foto: Reuters
Shvetsiyaning koronavirusga qarshi kurashish strategiyasini olqishlab, boshqa davlatlar undan o‘rnak olish kerakligini aytdi. Bu strategiya virus tarqalishiga qarshi qat’iy karantin kiritish o‘rniga “yengil cheklovlar kiritish”ni ko‘zda tutadi.

Nabarroning ta’kidlashicha, pandemiyaga qarshi kurashda Shvetsiyadagi kabi yengil cheklovlar kiritilishi uzoq muddatli istiqbolda boshqa davlatlar uchun o‘rnak bo‘lishi lozim. Boshqa davlatlar ham epidemiya vaqtida yengil cheklovlarni qo‘llashi kerak. Mutaxassis hokimiyat va aholi o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni koronavirus ustidan g‘alaba qozonishning omili deb atagan.

U bunga misol sifatida Shvetsiyani keltirgan. “Shvetsiyada hukumat jamiyatga, jamiyat esa hukumatga ishonch bildirdi”, deb tushuntirgan JSST vakili.

U Shvetsiyaning virusga karshi kurashdagi yondashuvi to‘g‘ri ekanini va aholi tomonidan to‘g‘ri qabul qilinganini aytgan. Stokholm fuqarolarning teranligiga umid qilib, qat’iy karantin choralari kiritmadi.

JSST vakilining ta’kidlashicha, qat’iy karantin odamlar va kichik biznes daromadiga jiddiy zarba beruvchi “qo‘pol vosita” hisoblanadi. Uning o‘rniga, Shvetsiyadagi kabi yengil cheklovlar joriy qilinishi lozim.

Iyunda yangi zelandiyalik professor Maykl Beyker Shvetsiya to‘liq karantindan voz kechib xatoga yo‘l qo‘yganini aytgan. Shvetsiya hukumatining bundagi harakatlari ikki gipotezaga asoslangan bo‘lgan – fuqarolarning eng zaif guruhlarini himoyalash imkoni va aholi tomonidan ommaviy immunitetning tezda egallanishi. Biroq Beykerning ta’kidlashicha, bu ikkala faraz ham noto‘g‘ri bo‘lib chiqqan.

Avvalroq karantindan voz kechgan Shvetsiyada 2020 yilning dastlabki 6 oyida 51405 kishi vafot etgani, bu 150 yillik antirekord ekani ma’lum qilingandi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli qat’iy karantin cheklovlarini joriy qilgan Yevropaning ko‘plab davlatlaridan farqli ravishda, Shvetsiya boshqa yo‘ldan borgan. Mamlakatda umumiy taqiqlar kiritilmagan, ijtimoiy masofani saqlash va o‘zini yakkalash tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan.

Ayni vaqtda skandinav davlatida koronavirusga chalinganlar soni 84 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni esa 5808 nafarni tashkil qilmoqda.
il qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST Shvetsiyaning koronavirusga qarshi kurashish strategiyasini olqishladi