Foto: Reuters
Vashington Xitoy armiyasi bilan bog‘liq xitoyliklarning vizalarini bekor qildi. Shu sababli AQSHni mingdan ko‘proq xitoylik, asosan talabalar va olimlar tark etadi.
AQSH davlat departamentida ta’kidlanishicha, AQSH “Xitoy kommunistik partiyasining harbiy ustunligini o‘rnatish g‘oyalarini ilgari surmaydigan” xitoyliklar uchun ochiq.
May oyida AQSH prezidenti Donald Tramp xitoylik aspirantlar va olimlarga AQSHga kirishni cheklagandi. Vashingtonning fikricha, ular AQSHga texnologiyalar va intellektual mulkni o‘g‘irlagani keladilar va bu AQSH milliy manfaatlariga xavf soladi.
Xitoy ta’lim vazirligi AQSH hukumatining bunday xatti-harakatlariga qat’iyan qarshi ekanini bildirgan. Pekin Vashingtonni “teran fikrlashga, jamoatchilik fikrini hurmat qilishga hamda Xitoy va Amerika xalqlari o‘rtasida o‘zaro almashinuv va hamfikrlikni rivojlantirish uchun ko‘proq ish qilishga” chaqirgan.
“Biz Xitoy va AQSH o‘rtasidagi talabalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlaymiz va turli davlatlar, jumladan AQSHdan Xitoyga o‘qishga kelishni istovchilarni qutlaymiz”, deyilgan Xitoy ta’lim vazirligida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi