11:25 / 10.09.2020
2 203

Bir milliarddan ziyod odam boshqa mintaqalarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi

Bir milliarddan ziyod odam boshqa mintaqalarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi
Iqtisodiyot va tinchlik institutining yangi tadqiqotiga ko‘ra, 2050 yilga kelib 1 milliarddan ziyod odam ekologik tahdidlar va Yer aholisining tez sur’atlarda o‘sib borishi sababli qiyin ahvolda qoladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

2050 yilga kelib dunyo aholisi soni 10 milliard kishiga yetishi kutilmoqda, bu suv va oziq-ovqat masalasida ziddiyatli nizolarni keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan Afrika, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning ayrim mintaqalaridan taxminan 1,2 milliard kishi ko‘chib ketishga majbur bo‘ladi.

«Bu nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlarga, balki rivojlangan davlatlarga ham katta ijtimoiy va iqtisodiy ta’sir ko‘rsatadi, sababi ommaviy ko‘chish rivojlangan mamlakatlarga qochqinlar oqimining ko‘payishiga olib keladi», - deydi Iqtisodiyot va tinchlik instituti asoschisi Stiv Killelea.

Xabar qilinishicha, ommaviy migratsiyani qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan tahdidlar ikki toifaga bo‘linadi. Birinchisi, resurslarning yetishmasligi va aholi sonining ko‘payishi, ikkinchisi - tabiiy ofatlar.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Hindiston va Xitoyga yaqin o‘n yilliklar ichida suv tanqisligi tahdid soladi, Pokiston, Eron, Mozambik, Keniya hamda Madagaskar esa «bir qator muammolarga dosh berolmaydi».

«Umuman olganda, ushbu mamlakatlar hozirda barqaror. Ammo, ular ekologik tahdidlarga duchor bo‘lishadi va kelajakda qulash xavfi katta», - deyiladi tadqiqotda.

Taqqoslash uchun, ekologik omillar va siyosiy ziddiyatlar 2019 yilda 30 millionga yaqin odamning ko‘chib ketishiga sabab bo‘ldi, deyiladi hisobotda.

Killeleaning so‘zlariga ko‘ra, hozir dunyoda toza suv 50 yil avvalgiga qaraganda 60 foizga kam. Bundan tashqari, yaqin 30 yil ichida oziq-ovqatga talab 50 foizga o‘sishi taxmin qilinmoqda.

Tahlilchilar taqdim etilgan tadqiqot yordam ko‘rsatish strategiyasini ishlab chiqishda va iqlim bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga ko‘mak ko‘rsatadi, deb umid qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir milliarddan ziyod odam boshqa mintaqalarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi