Foto: «TASS»
Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya qonunchiligini isloh qilish konsepsiyasini va «Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririni taqdim etdi, deb xabar bermoqda «Kommersant’». Unga ko‘ra, Rossiyadagi barcha migrantlardan barmoq izlarini olish rejalashtirilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Rossiyadagi chet el fuqarolarining huquqiy maqomi to‘g‘risida butunlay yangi federal qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda, unda ko‘plab o‘zgarishlar kiritilgan. Rossiya hududida bo‘lish tartibiga o‘zgartirish kiritish, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish ko‘zda tutilgan.
Xususan, Rossiyada 30 sutkadan ortiq vaqt davomida bo‘ladigan migrantlarga barmoq izlarini topshirish, suratga tushish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va ID-kartalar olish majburiyatini yuklash rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, Rossiyaga kirib kelganlarning barchasidan barmoq izlarini olish g‘oyasi bir necha yillardan buyon muhokama qilib kelinmoqda. Biroq kirib kelganlarning barchasidan barmoq izlarini bevosita chegaradayoq olish uchun barcha postlarda tegishli uskunalarni o‘rnatishni talab qilgan avvalgi g‘oyadan farqli ravishda Rossiya IIV migrantlarga mamlakatga kelishi bilanoq mustaqil ravishda barmoq izlarini topshirish majburiyatini yuklashni taklif etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi