Foto: «Twitter»
Arabiston yarimorolida qariyb 120 ming yil burungi insonlarining izlari topildi. Kam sonli odamlar guruhi chanqog‘ini qondirish va ov qilish uchun kichik ko‘l bo‘yida to‘xtagan. Zamonaviy tuyalar, buyvollar va fillarning ajdodlari ham bu ko‘lga suv ichishga kelib turganini izlar (ular hozirgilaridan ancha katta) tasdiqlamoqda.
Ko‘hna tarix izlari Saudiya Arabistoni shimolida aniqlangan. Qadimgi insonlar hayotidan ushbu lavhalar inson va hayvonlarning Nefud cho‘lidagi izlariga bag‘ishlangan tadqiqot doirasida tiklandi. Ushbu kashfiyot Afrikadan yo‘lga chiqqan qadimgi insonlarning ilgari ma’lum bo‘lmagan yo‘nalishlari haqida tasavvur beradi.
Human footprints dating back 120,000 years found in Saudi Arabia.
— Ticia Verveer (@ticiaverveer) September 19, 2020
Around 120,000 years ago, a small band of homo sapiens stopped to drink & forage at a shallow lake that was also frequented by camels, buffalo & elephants bigger than any species seen today https://t.co/3FFciPg2lZ pic.twitter.com/iipuwr68TE
Yuz ming yillar ilgari Arabiston yarimoroli hozirgidek tap-taqir sahro emas, balki yam-yashil va so‘lim o‘lka bo‘lgan. Yuqoridagi izlar 2017 yili qadimgi ko‘l o‘rnidagi yuza qatlam eroziyasi natijasida topilgan edi.
Optik lyuminessensiya usulida izlarning yoshiga aniqlik kiritildi. Antropologlar bu izlar neandertallarga tegishli emasligiga ishonishmoqda, chunki o‘sha davrda ularning bu yerga kelgani haqida hech qanday dalillar va izlar yo‘q. Yagona dalil qoladi, bu Homo Sapienslarning izlari, deb yozmoqda «National Geograghic». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi