22:35 / 08.10.2020
5 692

Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi prezident So‘ronbay Jeenbekov yo‘qolganligini ma’lum qildi

Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi prezident So‘ronbay Jeenbekov yo‘qolganligini ma’lum qildi
Foto: Global Look Press
Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekovning qayerdaligi noma’lum bo‘lib turibdi. Meduzaning yozishicha, bu haqda «Interfaks»ga Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Omurbek Suvanaliyev ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, mamlakatning yuqori martabali amaldorlari norozilik namoyishlari boshlanganidan beri jamoatchilik oldida ko‘rinish bermagan. Internetda prezidentning bir nechta murojaati e’lon qilingan, ammo qayerda yozib olingani noma’lum.

«Xavfsizlik nuqtai nazaridan chegarani yopishga qaror qilindi», — degan Suvanaliyev.
«TASS»ning yozishicha, Qirg‘iziston davlat chegara xizmati yuqori lavozimdagi amaldorlarni mamlakatdan chiqarmaslik topshirig‘ini oldi.

O‘z navbatida Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati «RIA Novosti»ga prezident Bishkekda ekanligini va «vaziyatni qonuniy yo‘lga qaytarish uchun barcha siyosiy kuchlar bilan muzokaralar olib borayotganini» ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 oktabr kuni Bishkekda hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi ikki partiya g‘olib chiqqach, parlament saylovlari natijalariga qarshi namoyishlar boshlandi. Tinch boshlangan aksiyalar kechga borib, huquq-tartibot organlari bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Bir necha yuz kishi yaralandi, bir kishi vafot etdi.

6 oktabr tongida namoyishchilar Qirg‘iziston parlamenti va prezident ma’muriyati joylashgan binoni egalladi. Shundan so‘ng namoyishchilar Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga qarab yo‘l oldi va maxsus xizmat xodimlari bilan muzokaralardan so‘ng ular sobiq prezident Almazbek Atambayevni o‘tgan yildan buyon hibsda saqlanayotgan MXDQ tergov izolyatoridan ozod qildi. Koloniyadan, shuningdek, Atambayev davrida hukumatni boshqargan sobiq bosh vazir Sapar Isakov ham ozod etildi.

Shu kuni Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovlari natijalarini haqiqiy emas deb topdi, parlament rahbari va bosh vazir esa iste’foga chiqdi.

Norozilik namoyishlari fonida Bishkek shahriga namoyishchilar tomonidan yangi mer tayinlandi. Ammo shaharning rasmiy rahbari Aziz Surakmatov iste’fo haqida ariza yozganicha yo‘q. Prezidenti So‘ronbay Jeenbekov sodir bo‘lgan voqealarni hukumatni noqonuniy egallashga urinish deb atadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi prezident So‘ronbay Jeenbekov yo‘qolganligini ma’lum qildi