Foto: Getty Images
Dunyoda koronavirus pandemiyasi yil oxiriga kelib infeksiyaning mavsumiyligi sababli kuchayadi, ammo 2021 yil boshidan vaziyat yaxshilana boshlaydi, deb taxmin qilmoqda Microsoft asoschisi Bill Geyts. U bu haqda 21 oktabr kuni GeekWire Summit virtual konferensiyasida aytib o‘tgan.
«Yaxshi yangilik shuki, shu yilning oxiriga yoki kelasi yil boshiga kelib, samaraliroq davo preparatlari, xususan birinchilardan bo‘lib monoklonal antitanalar paydo bo‘la boshlaydi», – degan Bill Geyts.
Geytsning tushuntirishicha, monoklonal antitanalar immun hujayralarini – leykotsitlarni klonlash orqali hosil qilinadi. Ushbu antitanalar patogenlarning aniq bir qismiga ta’sir etishga mo‘ljallangan.
Monoklonal antitanalar bilan eksperimental davolanishni yaqinda koronavirusga chalinib tuzalib chiqqan AQSH prezidenti Donald Tramp qabul qilgan edi.
Avvalroq Bill Geyts koronavirus epidemiyasi tugashining taxminiy vaqtini aytgan edi. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 insoniyat bilan «abadiy qolmaydi» va uzog‘i bilan 2022 yilda nihoyasiga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi