Foto: «Western Canada Lottery Corp.»
Ikkita bir xil lotereya chiptasini sotib olgan Kanada fuqarosi 3,8 million AQSH dollari yutib oldi.
Omadli chipta(lar) sohibi — Alberta viloyatida yashovchi Endryu Byork ismli kishi. Mashinasini yonilg‘i quyish shoxobchasida to‘ldirgan bu erkak qaytimiga lotereya sotib olgan.
Byork shoshilinchda xato qilganini uyiga qaytgach angladi: har xil kombinatsiyali ikkita chipta o‘rniga ikkita bir xilini sotib olibdi.
Ammo parvo qilmay lotereyalarni bir chetga olib qo‘yadi. Lotereya o‘ynalgan kuni, omadni qarangki, uning raqamlariga jekpot chiqdi. Eng qizig‘i, har ikki lotereyasi ham yutuqli.
Ushbu lotereya nizomiga ko‘ra, pul mukofoti, agar da’vogarlar bir necha nafar bo‘lsa, o‘zaro bo‘linadi. Ammo Endryuning yakka o‘zida ikkita jekpotli chipta. Shuning uchun unga har biri 2,5 million Kanada dollarilik sertifikat berildi, umumiy hisoblaganda, 3,8 million AQSH dollaridan oshadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi