09:43 / 30.10.2020
1 561

Yaponiyada aholiga koronavirusga qarshi bepul emlanish taklif etiladi

Yaponiyada aholiga koronavirusga qarshi bepul emlanish taklif etiladi
Foto: «RIA Novosti»
Yaponiya hukumati barcha aholiga COVID-19’ga qarshi bepul vaksinalar taklif qiladigan qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar bermoqda Japan Times.

Vaksinatsiya bo‘yicha amaldagi qonunga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Yaponiya bosh vaziri Yesixide Sugining 2021 yilning birinchi yarmida mamlakatning barcha aholisini koronavirusga qarshi vaksina bilan ta’minlash va’dasiga muvofiq keladi.

Bepul vaksina taqdim etishi bilan birga, aholiga emlashdan o‘tish qat’iyan tavsiya qilinadi.

Ta’kidlanishicha, shu maqsadda hukumat budjetidan 6,3 milliard dollar miqdorida mablag‘ ajratgan. Hukumat Britaniyaning AstraZeneca PLC va AQSHning Pfizer Inc. farmatsevtika kompaniyasi bilan ishlab chiqarish muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng har bir kompaniyadan 120 million dozada vaksina olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, 40 millionta qo‘shimcha dozalar borasida Amerikaning Moderna Inc firmasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Vaksinaning ayrim sinovlarida jiddiy nojo‘ya ta’sirlar qayd etilib, tadqiqotlar vaqtincha to‘xtatilgan. Yaqinda JSST vakili vaksinaning 2021 yildan avval keng qo‘llanilishi ehtimoldan yiroqligini aytgandi.

Yaponiya hukumati o‘z vaksinasini ishlab chiqarishni talab qilmoqda, ammo mamlakat kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan vaksinalar hali ham klinik tadqiqotlarning dastlabki bosqichida turibdi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada 99 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, ularning 1733 nafari vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada aholiga koronavirusga qarshi bepul emlanish taklif etiladi