17:13 / 30.10.2020
3 500

AQSHda telefon ustasi mijozining xotiniga eri xiyonat qilayotganini aytib, uning «ko‘zlarini ochib qo‘ydi»

AQSHda telefon ustasi mijozining xotiniga eri xiyonat qilayotganini aytib, uning «ko‘zlarini ochib qo‘ydi»
Kadr: YouTube
Amerikada smartfonlarni ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi erkak mijozining xotiniga uning eri xiyonat qilayotganini aytib, «ko‘zlarini ochib qo‘ydi». Bu haqda u o‘zining TikTok’dagi akkauntiga joylashtirgan videolari orqali ma’lum qilgan.

Erkak Mani Varde ismli telefon ustasiga smartfonini bergan bo‘lib, uning ichida bir parcha qog‘oz va pul chiqqan: «Iltimos, xotinimga telefon ta’mirlashga yaroqsiz ekanligini ayting, u qo‘ng‘iroqlar tarixini tekshirib ko‘rmoqchi. Mendan 100 dollar, rahmat».

Ayol telefonni olib ketish uchun kelganida Varda barchasini aytib bergan. U telefonni tuzatmaganini va oilaviy mojarolarga aralashishni istamasligini ma’lum qilgan. Ayolning jahli chiqib, smartfonni tuzatib bersa 200 dollar berishni va’da qilgan. Varda rozi bo‘lgan va u bor haqiqatdan xabardor bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Natijada ayolning eri kelib unga baqirib, so‘kingan va turli buyumlarni ota boshlagan. Vardaning ta’kidlashicha, u politsiya chaqirgan va hech qanday jarohat olmagan.

Video ostiga qoldirilgan izohlarning aksariyatida foydalanuvchilar uning bu kabi harakatini olqishlagan, ammo ayrimlar uni «birodarlik kodeksi»ni buzishga ayblagan. Oqibatda ko‘pchilik haqiqiy erkaklar xinoyatkorlarni himoya emas, balki ayollarni hurmat qilishini yozgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda telefon ustasi mijozining xotiniga eri xiyonat qilayotganini aytib, uning «ko‘zlarini ochib qo‘ydi»