Kiprda 1 noyabrdan investitsiyalar evaziga fuqarolik berish dasturi to‘xtatildi. Kipr hukumati “oltin” pasportlar berish” deb nomlanuvchi ushbu dasturni ko‘plab qoidabuzarliklar sababli to‘xtatishga qaror qildi.
Bunga esa Al Jazeera telekanali o‘tkazgan tergovdan keyin yuz bergan mojaro sabab bo‘lgan.
Telekanal jurnalistlari tergov davomida o‘zlarini go‘yoki pul yuvganlik uchun sudlangan xitoyliklar qilib ko‘rsatishgan. Ular bog‘langan huquqshunoslar, riyeltorlar va hattoki Kipr parlament spikeri pul bo‘lsa, Kipr fuqaroligini hattoki sudlangan kishi ham olishi mumkinligini tasdiqlashgan.
Bu mojaro ortida Kipr parlamenti raisi Dimitris Silloris iste’foga chiqqan.
Bungacha respublika hukumati “oltin” pasportlar berilishi dasturiga rioya qilinishi bo‘yicha bir nechta tekshiruvlar o‘tkazgan. Sentabrda politsiya “yuqori xavf guruhi”ga kirgan 42 investorning fuqarolikni olish jarayonini tergov qilishni boshlagan. Tergov davomida investorlardan 7 nafari fuqarolikdan mahrum etilgan.
Kiprning fuqarolikni olish dasturi respublikadagi ko‘chmas mulkka yoki mahalliy kompaniyaga 2 mln yevro sarmoya qilish evaziga Yevropa ittifoqida yashash va ishlash huquqini beruvchi pasportni taklif qilgan. Pasport oluvchi Kipr hukumatiga yana 200 ming yevro xayriya qilishi kerak bo‘lgan.
2013 yildan 2019 yilgacha “oltin” pasportlarni 4 mingdan ko‘proq odam olgan. Ulardan aksariyatini Rossiya, Xitoy, Ukraina, Livan va Saudiya Arabistoni fuqarolari tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi